Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar 2024-yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi

Olimlar 2024-yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi

Foto: Xabar.uz

2024-yilning yozi issiqlik va namlik bo‘yicha rekordlarni yangilashi mumkin, deya ogohlantirmoqda iqlimshunoslar. Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan prognoz ekvator bo‘ylab katta hududlarni, jumladan, Hindiston va Afrikaning katta qismini, Markaziy va Janubiy Amerika va Avstraliyani, shuningdek, AQShning bir qismini qamrab oladi.

Olimlar El-Nino hodisasining global haroratning oshishiga ta’sirini tahlil qildi. El-Nino - tabiiy iqlim o‘zgarishining issiq davri sanaladi. Global isish davrida bu hodisa o‘z oqibatlarini yanada kuchaytirmoqda.

Olimlarning ta’kidlashicha, eng yuqori harorat El-Nino cho‘qqisidan taxminan besh oy o‘tgach sodir bo‘ladi. Oxirgi cho‘qqi 2023-yil dekabriga to‘g‘ri keldi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2024-yilda tropik mintaqada o‘rtacha maksimal nam havo harorati Selsiy bo‘yicha 26,2 darajani tashkil qiladi. Uning avvalgi harorat rekordini yangilash ehtimoli 68 foizni tashkil etadi.

Shimoliy Hindiston kabi tez-tez nam issiqlikdan aziyat chekadigan hududlarda bu yozda rekord darajadagi issiqlik va namlikning 50 foiz ehtimoli bor. Sahal mintaqasida (Saxara cho‘llari va G‘arbiy Afrika savannalari orasidagi o‘tish zonasi) xavf 35 foizga baholanmoqda.

Olimlar issiqlik va yuqori namlikning kombinatsiyasi juda xavfli ekanligi haqida ogohlantirdilar. Ko‘pchilik quruq issiqlikka toqat qila oladi, ammo nam issiqlik tana uchun juda stressdir. Havo qanchalik nam bo‘lsa, ter shunchalik kam bug‘lanadi, bu terning sovutish ta’sirini kamaytiradi va tana haroratini normal saqlashni qiyinlashtiradi, deb xabar beradi Geophysical Research Letters.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring