Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar 2024-2028 yillar oralig‘ida «Internet apokalipsisi»ni bashorat qilishdi

Olimlar 2024-2028 yillar oralig‘ida «Internet apokalipsisi»ni bashorat qilishdi

Foto: «Techtoday.in.ua»

Olimlar 2024- va 2028- yillar orasida «Internet apokalipsisi»ni bashorat qilishdi va oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidlashmoqda.

Ya’ni mutaxassislar kelgusi yillarda dunyo «Internet apokalipsisi» ko‘rinishidagi jiddiy tahdidga duch kelishi mumkin, deya ogohlantirishmoqda.

Jorj Meyson universitetining fizika va astronomiya professori Piter Bekker tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, kuchli quyosh bo‘ronlari global aloqa tizimiga, jumladan, internetga jiddiy zarba berishi  mumkin

Quyoshdan zaryadlangan zarrachalar emissiyasi natijasida yuzaga kelgan bu bo‘ronlar Yerning magnit maydonini buzishi mumkin, bu esa sun’iy yo‘ldoshlar va yerdagi aloqalarning jiddiy shikastlanishiga olib keladi.

Bunday hodisaga 1859- yildagi Karrington voqeasi misol bo‘la oladi, buning natijasida telegraf tizimi vayron bo‘lgan va operatorlarni elektr toki urgan.

Bekker va uning hamkasblari sun’iy yo‘ldoshlarni o‘z vaqtida xavfsiz rejimga o‘tkazish va shikastlanmaslik uchun transformatorlarni elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yish imkonini beruvchi erta ogohlantirish tizimini yaratish ustida ishlamoqda. Loyihaga 13 million dollardan ortiq mablag‘ sarflanadi.

Biroq, quyosh bo‘ronlarining vaqti va ko‘lamini aytish xuddi zilzilalarni oldindan bashorat qilish imkonsizdek qiyin jarayon bo‘lib qolmoqda.

Bekker, shuningdek, kompaniyalar bunday tahdidlardan himoyalanishi uchun internet-infratuzilmasini mustahkamlashga rag‘bat yo‘qligiga ishora qiladi. Natijada, 2024 va 2028 yillar oralig‘ida, quyoshning haddan tashqari faollashishi bois dunyo haftalar yoki hatto oylar davomida internetning to‘liq o‘chish xavfiga duch kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring