Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi

Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi

Foto: Namangan shahar hokimligi matbuot xizmati

Bugun Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu paytgacha «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lib ishlab kelgan Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

Olimjon Isayev 1972-yili Namanganda tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan.

Namangan shahridagi «Ifoda agro kimyo himoya» korxonasi direktori, viloyat fermerlar kengashi raisi, «Mexmash» MChJ kuzatuv kengashi raisi vazifalarida ishlagan. 2018-yil may oyidan beri «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga raislik qilib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring