Olim: Hech qanday dalil yo‘q, bularning bari uydirma!
Uxan virusologiya instituti rahbari Yuan Chjimin «CGTN» kanaliga bergan intervyusida koronavirusning sun’iy yaratilganligini isbotlovchi dalil yo‘qligini aytdi.
«Ba’zi olimlar virus sintezi uchun ekstraordinar intellekt va ko‘p mehnat talab etiladi deb hisoblaydi. Shu bois bunday virusni sintez yo‘li bilan hosil qila olishimizga hech qachon ishonmayman», — deb izohlaydi Chjimin.
Ekspertning ta’kidlashicha, infeksiya u mehnat qilayotgan institutdan «chiqolmaydi». Chunki muassasada qattiq nazorat va idora tizimi mavjud. Xodimlar esa tadqiqot olib borayotganda reglamentga to‘liq amal qilishadi.
Yuan Chjimin, shuningdek, sun’iy virusning yaratilishi, nima uchun u xitoylik olimlarga borib taqalishi haqida o‘z fikrini bildirgan.
Uning aytishicha, BSL-4 laboratoriyasi va virusologiya instituti Uxan shahrida joylashgani uchun ham odamlar shunday o‘ylashyapti.
Bundan tashqari, Chjimin amerikalik senator Toma Kottonning yangi tipdagi virus Uxan virusologiya institutida paydo bo‘lganligi haqidagi ayblovini ham eslab o‘tdi.
«Hech qanday dalil yo‘q, bularning bari uydirma», — deb ta’kidlaydi olim.
Uning fikricha, bularning hammasi epidemiyaga qarshi kurashishga yoki institut faoliyatiga xalaqit berish uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin. Chjimin anchadan beri laboratoriyaning biologik xavfsizligi bilan shug‘ullanayotganini hamda bunday holat bo‘lishi mumkin emasligini qo‘shib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter