Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olib qochilgan «DAMAS»ni KIA «to‘xtatib qoldi»

Olib qochilgan «DAMAS»ni KIA «to‘xtatib qoldi»

Foto: Tergov departamenti

2021-yil 26-dekabr kuni Namangan shahri Davlatobod tumanida yashovchi 25 yoshli M.J. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 14:00 larda o‘ziga tegishli «DAMAS» rusumli avtomashinasi olib qochilganini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mashinani yashash uyi oldidagi novvoyxona tashqarisida eshiklari ochiq holatda va kaliti o‘t oldirgichda qoldirib ketganligidan foydalanib noma’lum shaxs olib qochib ketgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Namangan shahar «Sharq tongi» MFYda yashovchi 33 yoshli M.Z. mast holatida sodir etib, «DAMAS» rusumli avtomashinada Namangan shahar Davlatobod tumani «I.Karimov» ko‘chasida ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan «KIA» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring