Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksford lug‘ati «yil so‘zi»ni e’lon qildi

Oksford lug‘ati «yil so‘zi»ni e’lon qildi

Oksford ingliz lug‘ati «vaksina» (vax) so‘zini 2021-yil uchun eng ko‘p qo‘llanilgan so‘z sifatida tanladi.

«Vaksina» (vax) – bu 2021-yil uchun biz eng ko‘p qo‘llagan so‘z. Bizning leksikograflarimiz ingliz korpusining ma’lumotlarini o‘rganishni boshlaganlarida, «vaksina» (vax) ayniqsa ajoyib so‘z ekanligi tezda ma’lum bo‘ldi», — deyiladi lug‘at xabarida.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu so‘z shu yilga qadar Oksford lug‘atida juda kam uchragan. Joriy yil sentyabr oyiga kelib, bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 72 barobar ko‘p qo‘llanilgan.

Oksford lug‘ati 2020-yilda yilning bitta so‘zini yil so‘zi sifatida tanlay olmadi. «Koronavirus» so‘zi va unga hamroh bo‘lgan COVID-19 pandemiyasi, masalan, blokirovka, ijtimoiy masofalanish, furlough (koronavirus inqirozi tufayli ishsiz qolganlarga ish haqini qoplash) va WFH (work from home-uydan ishlash) qisqartmasi eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar bo‘lgan.

Dunyo bo‘ylab odamlarning so‘z boyligiga ta’sir qilgan asosiy voqealar ekologik ofatlar, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar, shuningdek, koronavirus pandemiyasi bo‘lib qolmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring