Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksana Chusovitina Qohirada ajoyib natija qayd etdi

Oksana Chusovitina Qohirada ajoyib natija qayd etdi

Misr poytaxti Qohira shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, bugun hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham shohsupaga ko‘tarildi.

Tayanib sakrash dasturida qanashgan Chusovitina 12.95 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Bellashuvda sloveniyalik Tiaza Kisselef 13.18 ballga loyiq ijro bilan g‘alaba qozondi. Kanadalik Lauri Denomi esa 12.85 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi.
Tayanib sakrash, ayollar:

1. Tiaza Kisselef (Sloveniya) – 13.18
2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 12.95
3. Lauri Denomi (Kanada) – 12.85

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Oksana Doxadagi bosqichda g‘alaba qozongan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring