Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Okeanorti maktab o‘quvchilari orasida veyperlar ko‘payib ketdi

Okeanorti maktab o‘quvchilari orasida veyperlar ko‘payib ketdi

Foto: ldnews.com

AQSh sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari maktab o‘quvchilari orasida «tamaki epidemiyasi» tobora keng tarqab borayotganini qayd etishdi. Bu haqda «Axios» xabar bermoqda.

Okeanorti maktablarining katta va o‘rta sinflari o‘quvchilari orasida 2018-yili tamaki chekuvchilar soni 4,9 million nafarga yetdi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 3,6 millionga teng edi.

Hamma balo elektron sigaretlarda. Besh yildirki, boshqa mobil qurilmalar qatorida elektron sigaretlar ham katta sinflar o‘quvchilari orasida urfga aylandi. Biroq 2018-yil hammasidan oshib tushdi — elektron sigaretning yosh ixlosmandlari soni bir yil nari-berisida yana 1,5 million nafarga ko‘paydi.

Veyperlar — elektron sigaret chekuvchilar.

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar nazorati boshqarmasi elektron sigaretni tamaki mahsuloti sifatida tasniflaydi, odatiy sigaret va sigaralar esa yonuvchi tamaki mahsulotlari sanaladi. Qo‘shma shtatlarda tamaki iste’moli oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar va o‘limlarning bosh sababchisi bo‘lib qolyapti. Kashandalikning ibtidosi esa aynan o‘smirlik chog‘iga borib taqalmoqda.

Elektron sigaret shunchaki zamonaviy qurilma emas, balki kuchli moyillik uyg‘otuvchi yuqori darajadagi nikotinga ega zaharlovchi vosita.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring