Ohangaronda yuz bergan YTHda 4 kishi qurbon bo‘ldi
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 31-iyul kuni jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasini «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh» yo‘lining 137-km.da haydab ketayotib, yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida, orqasidan harakatlanib kelayotgan I.Yu. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi unga urilgan.
Natijada «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi I.Yu. va uning uch nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etganlar. Yana bir nafar yo‘lovchisi X.R. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter