Ohangaronda xorijlik narkokurer qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi «gashish» moddasi musodara qilindi.
Qayd etilishicha, Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Mastchoh tumanida yashovchi, 1976-y.t. fuqaro 10 kg 701 gr «gashish» giyohvand moddasini kontrabanda yo‘li bilan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududiga olib o‘tib, xufiyona joyga yashirgan vaqtida qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, tojikistonlik narkosavdogarlar kurerlik xizmati uchun unga 1200 AQSh dollari berishlari kerak bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter