Ohangaronda shifokorlarga uy beriladi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha murojaat qilishi kutilmoqda.
Ushbu murojaatnoma oldidan AOKA tomonidan Toshkent viloyatiga press-tur tashkil etildi.
Safar davomida jurnalistlar Ohangaron tumani markazida bo‘lishdi. Tuman tibbiyot birlashmasi kapital ta’mirdan chiqarilgan va fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
«Ilgari tuman aholisi tibbiyot sohasida ancha qiyinchiliklarga duch kelib, davolanish uchun Toshkent shahriga borishga majbur edi», — deydi Ohangaron tuman hokimi Abdurasul Abdullayev jurnalistlar bilan suhbatda.
Xabar qilinishicha, ayni vaqtda tibbiyot birlashmasida mutaxassislar yetishmovchiligi bo‘lmasligi uchun chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, tuman markazidagi 4 qavatli bino ta’mirlanib, tibbiyot hodimlariga beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter