Ohangaronda 30 gektar maydonda poligon tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishiida yangi ko‘p qavatli uy-joylar loyihasida sanitar-gigiyenik talablar asosida zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchalari qurish talabi shaharsozlik normalariga kiritilishi zarurligi ta’kidlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Shuningdek, hududlar rahbarlariga resursini o‘tab bo‘lgan maishiy chiqindi poligonlarini (jami 165 gektar maydonda 24 ta) 1 mayga qadar ko‘mish choralarini ko‘rish topshirildi.
Mutasaddilarga poligonlarni rekultivatsiya qilish dasturini ishlab chiqib, tegishli ishlarni boshlashga topshiriq berildi.
Umuman, kelgusi yildan poligonlar tashkil etish va ularni yopishni tartibga solish bo‘yicha aniq moliyaviy manbalarini ko‘rsatgan holda qonun loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Bir oy muddatda Ohangaron tumanida Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokidagi 30 gektar maydonda poligon tashkil etish bo‘yicha 17 million dollarlik loyiha doirasidagi qurilishni boshlashga ko‘rsatma berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter