Ohangaron hokimligi budjetdan xodimlarni rag‘batlantirish uchun qariyb 600 mln so‘m, bayram tadbirlariga 150 mln so‘m ajratmoqda
Toshkent viloyati Ohangaron shahar mahalliy budjetining 2022-yil III chorak yakuni bilan daromadlar rejasining ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ yo‘naltirilishi to‘g‘risida hokimning qarori normativ-huquqiy hujjatlar portali muhokamasiga qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, daromadlar rejasining ortig‘i bilan bajarilgan qismidan jami 2 milliard 232 million so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Bunda «Ayollar daftari» jamg‘armasi uchun 335 million so‘m, fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi — «Open budjet» uchun esa 670 million so‘m ajratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida 592 million so‘m budjetdan olinmoqda.
Qarorda tumandagi bayram ham esdan chiqmagan. Tadbirlarini o‘tkazish uchun 150 million so‘m yo‘naltiriladi.
Aytilishicha, mablag‘ yo‘naltirilishi yuzasidan Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlarining bildirilgan qo‘shimcha takliflari ham inobatga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter