Ohangaron kuppa-kunduzi qorong‘ulik girdobida qoldi
Bugun, 13-mart kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida g‘ayrioddiy tabiat hodisasi kuzatildi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 09:06 bo‘lishiga qaramay, atmosferada bulutlar qatlamida o‘ta to‘yingan suv bug‘lari va muz zarrachalari quyosh nurlari va yorug‘ligini bir muddat cheklab qo‘ydi.
Natijada, hududga kechasidek qorong‘ulik cho‘kkan.
Iqlim o‘zgarishi, o‘zgarish fonida mart oyi mavsumida ko‘p yog‘ingarchiliklar o‘zi bilan birga mintaqa uchun umuman xos bo‘lmagan bulutlarni «olib kelmoqda» .
Bulutlar oqimi sharqqa Angren shahri tomon harakatlanmoqda. Angrenda ham yaqin vaqtlar orasida biroz qorong‘ulik cho‘madi, deya yozadi meteorolog Erkin Abdulahatov.
Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni Qashqadaryo viloyatida tropik mintaqaga xos bulutlar oqimi tasvirlari tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter