Ijtimoiy tarmoqlar zeriktirib qo‘ymaydi.
Saylovlar yaqinlashgani sari ayrim kuchlar, xususan qo‘shtirnoq ichidagi muxolifatchilar tomonidan aholiga buzg‘unchi g‘oyalarni singdirish, jamiyat a’zolarining ongiga ruhiy ta’sir ko‘rsatish jadallashadi. «Demokratik» qadriyatlar niqobi ostida tinchlikni buzishga, hokimiyatni bosib olishga ochiqdan-ochiq da’vat etish kuzatilayotgani xavotirga solmasdan qolmaydi.
Afsuski bunday targ‘ibotchilarning asosiy maqsadi xalqqa ko‘maklashish emas, balki jamiyat farovonligiga putur yetkazish, hokimiyatni egallash hisoblanadi. Yaqin Sharqda o‘n yillar oldin avj olgan «arab bahori» kabi voqealarning asosiy maqsadi nima ekanligini isbotladi. Avvalombor «inqilob» na iqtisodiyot va insonlar hayotining yaxshilanishiga, na korrupsiyani oldini olishga, na huquq ustuvorligiga olib keldi.
«Arab bahori» qochoqlar sonining qariyb 9 baravar oshishiga, mamlakatlarni terrorizm xavfi eng yuqori 20 ta davlat qatoriga olib kirdi. Bundan tashqari, ayrim «inqiloblar» ortida xorijiy kuchlarning borligi bu kabi harakatlar mamlakatda erkinlik o‘rniga qaramlik ruhini shakllanishiga olib kelishini anglatadi. Demak buzg‘unchi g‘oyalarga berilmasligimiz, «inqilob» holatlariga yo‘l qo‘ymasligimiz uchun ogoh bo‘lishimiz zarur. Bir tarixchi aytganidek, «Tarix ustoz emas, balki nazoratchidir: bizni hech narsaga o‘rgatmaydi, lekin bilmaganligimiz uchun qattiq jazolaydi».
Shohjahon Xo‘jayev,
Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter