Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi
AQSh Milliy meteorologiya xizmati va Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari tomonidan salomatlik uchun xavfli jazirmadan ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi, deya xabar berdi Associated Press.
Shkalaga o‘ta yuqori haroratni anglatuvchi yangi — siyohrang (binafsharang) qo‘shildi.
Eski shkalada oq, sariq, to‘q sariq va qizil ranglar bo‘lgan: oq — harorat salomatlik uchun xavf solmasligini, qizil — tanani sovitish uchun sharoit va ichishga suv bo‘lmasa havo harorati salomatlik uchun xavfliligini bildirgan.
Siyohrang nafaqat odamlarning salomatligi, balki hayoti ham xavf ostida ekanini ifodalaydi. Ogohlantirishning ushbu darajasini juda issiq ob-havo uzoq vaqt davom etsa va hatto kechalari ham pasaymasa e’lon qilish rejalashtirilmoqda.
Mutaxassislar jaziramaning besh toifasi o‘ta ilmiy hisob-kitoblarga asoslanganini ta’kidlashyapti. Harorat rang chegaralari ob-havo va iqlim haqidagi mahalliy ma’lumotlar, yuqori harorat sababli qayd etiladigan tibbiyot statistikalaridan kelib chiqib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter