O‘g‘lining nomidagi fermer xo‘jaligi yerini 84 000 AQSh dollariga sotayotgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyatida fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.R. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, o‘g‘lining nomida bo‘lgan «H.O.» fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 7,5 gektar yer maydonini tanishlari orqali nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 84 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter