Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘g‘li amaldorlar bilan ovqatlangani uchun Yaponiya Bosh vaziri kechirim so‘radi

O‘g‘li amaldorlar bilan ovqatlangani uchun Yaponiya Bosh vaziri kechirim so‘radi

Foto: «David Mareuil/Pool Photo via AP»

Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga o‘g‘li Seygo Suganing Ichki ishlar va aloqa vazirligi rasmiylari bilan kechki ovqatda ishtirok etgani uchun parlamentdagi debat chog‘ida uzr so‘radi. Bu haqda 22-fevral kuni TASS xabar bermoqda.

«Men rasmiylar tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishiga olib kelgan harakatlarda o‘g‘limning ishtiroki uchun uzr so‘rayman», — dedi u.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u o‘g‘li bilan «Tohokushinsha Film» prodyuserlik kompaniyasidagi ishini hech qachon muhokama qilmagan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Seygo Suga va uning hamkasblari 2020-yilda muassasaning 11 tacha vakili bilan kechki ovqatni tanovul qilgan va ularning taomi uchun pul to‘lagan. Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada amaldorlarning manfaatdor shaxslar tomonidan berilgan sovg‘alarni olishi taqiqlanadi.

Ichki ishlar va aloqa vazirligi esa «Tohokushinsha Film» singari prodyuserlik kompaniyalari faoliyati uchun talab etiladigan efirga uzatish litsenziyalarini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring