Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva poyezd urib yuborib, juda og‘ir ahvolda yotgan qizni ko‘rgani bordi

Saida Mirziyoyeva poyezd urib yuborib, juda og‘ir ahvolda yotgan qizni ko‘rgani bordi

Foto: «Anhor.uz»

Toshkentda o‘n to‘rt yoshli qiz maktabdan temir yo‘l kesishmasi orqali uyiga qaytayotgan vaqtida yuk poyezdi urib yuborgan. Hodisa 2021 yil 5 fevral kuni sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, bu yuzlab maktab o‘quvchilari uchun har kuni o‘tadigan odatiy yo‘l hisoblanadi.

Kecha, 8 fevral kuni, Anhor.uz nashri jabrlangan qiz ota-onasining Saida Mirziyoyevaga yo‘llagan murojaatini e’lon qildi. Ota-ona chuqur komada bo‘lgan bolaning hayotini saqlab qolishda yordam so‘ragan. Shu kunning o‘zida Saida Mirziyoyeva jarohat olgan qizning ota-onasi bilan uchrashdi va jonlantirish bo‘limida bolaning hayoti uchun kurash olib borilayotgan kasalxonaga tashrif buyurdi, deb yozmoqda Anhor.uz.

Shifokorlar qizni qutqarib qolish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda, ammo u hamon o‘ta og‘ir ahvolda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring