Ofitsiantdan koronavirusni yuqtirib olgan Pashinyan tuzalib, ishga qaytdi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusdan tuzalganini «Facebook»da ma’lum qildi.
«Butun oilamning takroriy test natijalarini hozirgina oldim. Natija — manfiy», — yozdi u.
Armaniston hukumati rahbari ishga qaytganini ham ma’lum qildi.
Nikol Pashinyan koronavirusga chalingani 1-iyun kuni ma’lum bo‘lgandi, taxminlarga ko‘ra, ishchi yig‘ilish paytida unga kasallik ofitsiantdan o‘tgan. Suv keltirgan ofitsiant qo‘lqop kiymagan ekan...
Armanistonda vaziyat o‘ta qaltis: kechaning o‘zida 547 kishida koronavirus aniqlandi, ayni paytga kelib mamlakatda bu kasallikka chalinganlar jami soni 13 325 nafarga yetdi. Besh kundirki, kuniga kamida 500 nafardan yangi bemor qayd etilyapti. Virus qurbonlari soni 211 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter