O‘FA rahbariyati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi.
Saralash bahslariga hozirlik jarayoni olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun poytaxtdagi yig‘inni yakunlaydi va ertaga qit’a chempionati saralashida ishtirok etish uchun Xobar shahriga yo‘l oladi.
Bugun O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi va terma jamoamizga saralash bahslarida omad tiladi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning F guruhidan o‘rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o‘tkaziladi.
Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiyaga ertaga yo‘l oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter