Oddiy to‘g‘nag‘ich... insult davosi
Bomdod namoziga azon aytildi. Uyimning derazasi qattiq taqqillay boshladi. Odatda, dadam meni bomdodga uyg‘otish uchun bir-ikki yo‘talib qo‘yardilar. Derazani taqillatgan kim bo‘ldi unda?
– Dada, opoddomlani mazalari bo‘lmay qoldi, tez chiqing, dada.
Bu kenja o‘g‘lim Islombekning ovozi edi.
– Hozir, bolam, – dedim-u, tezda chiqib, dadamning xonalariga otilib kirdim.
Padari buzrukvorim divanda hushsiz yonboshlab yotar, rangi bo‘zarib ketgan, og‘zi bir tomonga qiyshaygan edi.
– Tanometrni olib ber, – dedim o‘g‘limni shoshirib.
Dadamning qon bosimini o‘lchadim: 200 dan yuqorini ko‘rsatyapti! Yo, Alloh!
– «Tez yordam»ga telefon qil.
Ma’lumot
Insult – bosh miyaga qon quyilishi yoki miya tomirlariga laxta qon tiqilishi natijasida ro‘y beradigan og‘ir kasallik.
Ahvol o‘ta og‘ir, dadam insult bo‘lgan edilar. Nima qilish, qanday yo‘l tutish mumkin?
Birdaniga qayerdadir insultga qarshi «kitayskaya bulavka» usuli haqida o‘qiganim yodimga tushdi.
– Igna ber, tez bo‘l, – dedim o‘g‘limga.
– Qanaqa igna? Shpritsniki bor, bo‘ladimi?
– Bo‘laveradi, faqat tezroq.
Yangi shprits ignasini topib berishdi, tayyor sterillangan ekan.
Dadamni yotgan joylaridan qaddini rostlab o‘tqazdik. Men xuddi shu holatida u kishining o‘nta barmoqlari uchini igna bilan bir millimetrdan mo‘ljal qilib teshib chiqdim.
Keyin ikki quloqning yumshoq qismini bir oz ushlab cho‘zib qo‘yib yubordim. Quloqlar yumshog‘i oqish tusga kirganda ularniyam taxminan bir millimetrdan ikki joyidan teshdim.
Dadam asta ko‘zlarini ochdilar. Qiyshaygan og‘zi asta o‘rniga qaytdi.
– Ha, bolam, tinchlikmi, menga nima bo‘ldi? – dedilar kishi. Alhamdulillah, insult o‘tib ketgan, dadam bemalol gapira boshladilar.
– Hammasi yaxshi, hech nima bo‘lmadi, dadajon. Bomdodni o‘qigani chiqdik, xolos, – dedim men o‘zlariga hech nimani bildirmaslik uchun.
Shu orada «tez yordam» ham yetib keldi:
– Yaxshilar-ku, telefonda juda vahima qilib chaqirgandinglar, – dedi vrach.
Men nima qilganimni aytib berdim.
– Yashang, aka, – deb qoyil qoldi vrach. – Bu ma’lumot biz uchun bilim bo‘ldi. Ammo otangizni olib ketib, hech bo‘lmasa uch kun nazorat qilishimiz kerak.
– Men bannisaga yotmayman, kasal emasman, – dadam rozi bo‘lmasdilar.
Ammo vrach baribir u kishini shifoxonaga yotqizdi. Dadam ikki kundan so‘ng shifoxonadan «qochib», taksiga o‘tirgancha uyga keldilar...
Shu voqeaga ham 5 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Dadamda insult asoratlari takrorlanmadi.
Sizlarga ham bilib qo‘ysangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi.
Barmoqlar uchi teshilganda ko‘p qon chiqmaydi, Nari borsa bir tomchi qon chiqadi, xolos.
Internetdan olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter