Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tupurib davolaydigan tabib aslida kimligi aniqlandi

Tupurib davolaydigan tabib aslida kimligi aniqlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyatida «odamlarni tupurib davolaydigan tabib paydo bo‘ldi», izohi bilan tarqalgan xabarlar yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB va DSI xodimlari tekshiruv o‘tkazishdi.

Tarqalgan videotasvirdagi «tabib» Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Y. (chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi) tabiblik ma’lumotiga ega emasligi aniqlandi, deyiladi xabarda.

B.Y. ikki yillardan beri Bo‘stonliq tumanining Oqtosh qishlog‘ida, aholi orasida «Quyoshli» deb nom olgan tepalikda odamlarga echki suti sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

Uning aytishicha, 27-may kuni «Dorivor o‘simliklar haqida»gi kitobdan chittigul ildizi kukun shaklida tomoqqa sepilsa laringit kasalligini davolashi haqida o‘qib, tog‘dan chittigul ildizini terib kelgan va kukun qilib maydalab, quyosh taftidan nafas olish uchun kelgan fuqarolarga trubka orqali sepib (purkab), har bir muolajasi uchun 20 ming so‘mdan pul olgan.

Tekshiruv harakati davomida B.Y. muolaja o‘tkazishda foydalanib kelgan buyumlar ashyo tariqasida olingan va holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring