Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlarni Isroilga jo‘natmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Odamlarni Isroilga jo‘natmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Foto: Xabar. uz

Samarqand shahrida xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Unda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishlari evaziga jami 52 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, U.V. va F.F. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan qo‘lga kiritgan pullari hisobidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Xuddi shunday, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat ta’lim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A.ni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring