Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Odamlar majburan jalb qilinsa, bu endi hashar emas» — Sherzod Kudbiyev

«Odamlar majburan jalb qilinsa, bu endi hashar emas» — Sherzod Kudbiyev

Foto: «O‘za»

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Xalqaro kecha, 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan press-klub yig‘ilishida hashar va majburiy mehnatning farqi haqida gapirdi.

«Biz hasharni legallashtirmoqchi emasmiz. Hashar – bizning an’anamiz, albatta. Ammo unga juda ko‘p odamlar majburan jalb qilinsa, bu endi hashar emas», – dedi vazir.

Sherzod Kudbiyev ishdan bo‘shatish, maoshini kamaytirish, mukofotdan mahrum qilish, lavozimi oshirilishiga to‘sqinlik qilish kabi tahdidlarni majburlashga misol sifatida keltirgan.

«Men vazir sifatida xorijiy hamkasblarim oldida aytaman: hashar – O‘zbekistonning kelajagi emas, hukumatning siyosati ham emas. Bizga odamlar qatnashishga majburlanadigan bunday hasharlar kerak emas», – degan u. — «Hashar faqat prezident farmoni yoki hukumatning qarori bilan o‘tkaziladi. Odatda O‘zbekistonda yiliga ikki marta: Navro‘z va Mustaqillik kuni oldidan hashar uyushtiriladi. Boshqa vaqtda hashar o‘tkazilmaydi».

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Farg‘onaning Rishton tumanida uylarni buzish va daraxtlarni kesish bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq hashariga Farg‘ona viloyatidan 13 ming kishi jalb etilgandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bu hashar hukumatning majburiy mehnatga barham berish to‘g‘risidagi qaroriga zid ravishda o‘tkazilganini qayd etgandi.

«Ish beruvchilarga aytmoqchiman, hasharda qatnashmagani uchun xodimlarni kamsitishga, oyligingni kamaytiraman yo ishdan bo‘shataman deb tahdid qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holatlar mehnatga majburlash hisoblanadi. Kelajakda buning uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi», – dedi press-klub yig‘ilishida Sherzod Kudbiyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring