Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlar go‘sht yemay qo‘yishi taxmin qilinmoqda

Odamlar go‘sht yemay qo‘yishi taxmin qilinmoqda

Foto: «Reuters»

Dunyoda sut va go‘sht iste’molining keskin kamayishi kuzatiladi. «Danone» fransuz kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Emmanuel Faber ana shunday prognoz bilan chiqdi. Uning so‘zlarini «Lenta» keltiradi.

Faberning so‘zlariga ko‘ra, sut mahsulotlari iste’moli 20 foizga, go‘sht iste’moli esa teng yarmiga qisqaradi. Bu tamoyilni u odamlarning hayvon o‘rniga boshqa mahsulotlarni izlayotgani bilan izohladi. Faberning aytishicha, zamonaviy taomnoma odamlarning sog‘ligiga to‘g‘ri kelmaydi, qishloq xo‘jaligi texnikasi esa, oxir-oqibat, tuproqning zaiflashishiga olib keladi. «Danone» rahbarining taxmin qilishiga qaraganda, bor-yo‘g‘i bitta avloddan keyin tuproq unumdorligi yo‘qolishi mumkin.

«Euromonitor» hisob-kitoblariga ko‘ra, sut mahsulotlarining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning jahon bozori bu yil 18 milliard dollardan oshadi (2018-yil bilan taqqoslaganda 3,5 foizga ko‘p). Shunga qaramay, bozorda sut yetakchilik qilmoqda — u qariyb 120 milliard dollarni tashkil etadi. Sigir suti savdosi so‘nggi to‘rt yil davomida pasaygan. Masalan, suli suti oxirgi yilda 36 foizga — 53 million dollarga ko‘tarilgan.

Noyabrning o‘rtalarida Amerikaning sut ishlab chiqaruvchi «Dean Foods» yirik kompaniyasi bankrotga uchraganligini e’lon qilgandi. Bu savdo-sotiqning pasayishi natijasida yuz berdi. Bu amerikaliklarning tabiiy sutni kamroq, uning o‘rniga o‘simliklardan olingan sutlarni ko‘proq iste’mol qila boshlagani bilan izohlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring