Odam urib yuborgan haydovchi qochib ketgani uchun piyoda halok bo‘ldi

Avtoransport vositasida piyodani urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan haydovchi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2018-yil 10-mart kuni soat 07:30 larda Bo‘stonliq tumanidagi Soyliq qishlog‘idan Xondoyliq qishlog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lining o‘ng tomon chetida erkak kishining murdasi tan jarohatlari bilan topilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida 10 mart kuni soat 07:15 larda Bo‘stonliq tumanida yashovchi, «Maksam-Chirchiq» korxonasida gazdan qutqaruvchilar otryadida instruktor lavozimida ishlagan H.A. o‘ziga tegishli «Matiz» rusumli avtomashinani boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Bo‘stonliq tumanida yashovchi, nafaqaxo‘r E.U.ni urib yuborgan.
So‘ng hayoti va sog‘ligi xavf ostida qolgan piyodaga yordam berish o‘rniga, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Oqibatda piyoda E.U. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.
Bo‘stonliq tuman IIB xodimlarining sa’y-harakatlari bilan «Matiz» avtomashinasi haydovchisi X.A. shu kunning o‘zida qo‘lga olingan. Unga nisbatan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter