OChLdan o‘rin olgan «Istiqlol» – «Al-Hilol» uchrashuvi Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan Eronning «Istiqlol» hamda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkentda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Uchrashuv mezboni bo‘lishi kerak bo‘lgan «Istiqlol» klubi «Al-Hilol»ning o‘yinni neytral maydonda o‘tkazish bo‘yicha so‘rovini qabul qildi va mazkur uchrashuvni Toshkentda o‘tkazishga ruxsat so‘rab O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga xat jo‘natdi.
Hozirda bu borada muzokaralar davom etmoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakuniga yetsa, 20-fevral kuni OChLdan o‘rin olgan «Istiqlol» – «Al-Hilol» uchrashuvi Toshkentda o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter