Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi
Toshkent shahri Sergeli tumani «Quruvchilar» dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan favqulodda hodisani o‘rganish, ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etish va jabirlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Komissiya tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter