Prezidentlik saylovi natijalari tan olindi
YeXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa Parlamenti press-konferensiyada quyidagilarni ta’kidladi:
- ovoz berish jarayoni tinch va tartibli o‘tib, MSK ovoz bergan saylovchilarning soni to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib turgan. Saylovni 966 nafar xalqaro kuzatuvchi va 1672 nafar jurnalist kuzatgan. Bu saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlagan;
- saylovlar prezidentning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda «Yangi O‘zbekiston» shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasining izchil amalga oshirilishi sharoitida o‘tkazildi;
- so‘nggi yillarda O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida sezilarli yutuqlarga erishildi, saylov qonunchiligida qator islohotlar DIIHBning tavsiyalari asosida amalga oshirilgan;
- ilk marotaba MSKning barcha yig‘ilishlari keng jamoatchilikka ochiq va real vaqt rejimida efirga uzatildi va uning qarorlari darhol komissiya saytida e’lon qilindi.YeXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi rahbari Daniella de Rider so‘zlariga ko‘ra, «tanlangan islohotlarni aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligining yaqqol isboti – bu saylovlarda 80% dan ortiq saylovchi qatnashganligidir".
Press-konferensiyada YeXHT maxsus koordinatori Reynxold Lopatkaning ta’kidlashicha «demokratiya uzoq jarayon va O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. Biz O‘zbekistonni bu yo‘lida qo‘llab-quvvatlaymiz».
Ekspertlarning fikricha, YeXHT va Yevroparlament delegatsiyasining (44 mamlakatdan 365 nafar kuzatuvchi) saylovlarda ilk bor ishtirok etishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni e’tirof etilishidan va qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatni modernizatsiya qilishda tanlangan strategik kursni amalga oshirishda xalqaro hamjamiyat Toshkent bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter