Soliq inspeksiyasi nogiron va yordamga muhtojlarga ko‘mak berdi
Shu kunlarda Toshkent shahrining barcha tuman va mahallarida obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Bu xayrli ishlarga Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Xususan, bugungi kungacha «Charxnovza» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 115 ta garajdan 86 tasi olib tashlandi. Anhor bo‘yidagi daraxtlarga qisman shakl berildi.
Mahalla hududi obodonlashtirildi. Har bir mahalla bo‘yicha mazkur obodonchilik ishlariga 40 ortiq ishchi jalb etilgan.
Yangiobod mahallasidagi 3-Ahmad Polvon ko‘chasi 2-uyda yashovchi Alimovlar xonadoni ishchi guruh a’zolari va mahalla faollari bilan birgalikda o‘rganilganda, ushbu xonadon egasi Alimov Xudoybergan 2-guruh nogironi (qulog‘i eshitmaydi), uning o‘g‘li, 1973 yilda tug‘ilgan Alimov Habibullo Xudoyberganovich 1-guruh nogironi (oyoq-qo‘li falaj) bo‘lib, oila ijtimoiy himoya muhtojligi aniqlandi. Shuningdek, ularning kommunal karzi ko‘payib ketganligi, uy hujjatlari vafot etgan otasining nomida ekanligi, nogironlik aravachasiga muhtojligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nogironlik aravachasi topshirilib, qolgan muammolarini bartaraf etish uchun mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berildi.
Charxnovza mahallasi Gulxaniy ko‘chasi 2-uy 38-xonadonda istiqomat qiluvchi, 1950 yilda tug‘ilgan Nikitina Natalya, shu mahallada istiqomat qiluvchi, 2002-yilda tug‘ilgan Anvarov Muzaffarga ham ishchi guruh tomonidan nogironlik aravachasi tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ham moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Bunday xayrli ishlar davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter