Ob-havo bo‘yicha tezkor axborot e’lon qilindi
![Ob-havo bo‘yicha tezkor axborot e’lon qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1346188208.jpg)
Gidrometeorologiya xizmati tezkor axborot e’lon qildi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 25-27-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi.
25-sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27-sentyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
25-26-sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27-sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
![](https://xabar.uz/static/uploads/54/720__sLEEEbRPy9A2EMsvQFHeQ_NKfc7B1kpL.jpg)
25-sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26-sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27-sentyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
26-sentyabrda shimolda, 27-sentyabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13° gacha, kunduz kunlari 22-25° gacha pasayadi.
Avvalroq dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter