Nyuton medali sovrindori O‘zbekistonda «Yil ayoli» deb topildi
Toshkent shahridagi «Interkontinental» mehmonxonasida «Yil ayoli-2018» milliy tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Yil ayoli-2018» tanlovining hududiy bosqichlari joriy yilning 1-10 dekabr kunlari o‘tkazilib, unda tuman va shaharlardan 800 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi. Muayyan bir sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilganligi, izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari inobatga olinib aniqlangan 10 nafardan, ja’mi 140 ta nomzodlar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Saida Beknazarova «Gran-pri» sohibasi bo‘ldi. Saida Beknazarova Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Audiovizal texnologiyalari kafedrasi dotsenti. Texnika fanlari doktori. Multimedia tizimlarida diskret-uzluksiz axborot resurslarga ishlov berish, qayta ishlashning usul, algoritmlar va dasturiy ta’minotlarni yaratish, jarayonlarini modellashtirishga qaratilganilmiy tadqiqotlari yuzasidan jami 169 ta ilmiy ishlari xorij va mamlakatimiz nufuzli jurnallarda chop etilgan. 9 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiyalar muallifi. Axborotlarni qayta ishlash, uzatish jarayonlarda bir vaqt moboynida uzluksiz matn, audio, video ma’lumotlarni yo‘qotishlarsiz sifatli yetkazib berishga qaratilgan 15 ta EHM uchun yaratilgan dasturiy vositalarga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidanberilgan guvohnomalar muallifi. Nyuton medali soxibasi.
Birinchi o‘ringa Xorazm viloyati Gurlan tumani Xalq ta’limi bo‘limining ma’naviy-ahloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyasi bo‘yicha sho‘’ba rahbari Feruza Safarova loyiq deb topildi.
Farg‘ona viloyati ayollar va bolalar kiyim-kechaklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Furqat asl liboslari» xususiy korxonasi rahbari Umidaxon Yuldasheva ikkinchi o‘rinni egalladi.
Samarqand viloyati Samarqand Davlat universiteti Ekologiya kafedrasi dotsenti. Fidoyi va malakali ustoz. «O‘zbekiston qushlarini muhofaza qilish jamiyati» a’zosi Leylya Belyalova uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.
Tanlovda shuningdek «Yilning eng vatanparvar ayoli», «Yilning eng faol olima ayoli», «Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli»,«Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli», «O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli»,«Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi», «Yilning eng fidoiy shifokor ayoli», «Yilning eng jonkuyar ustozi», «Yilning en faol sog‘lom turmush tarzi tashkilotchisi», «Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
Bundan tashqari, qo‘mita tomonidan turli kasb egalarining kiyinish uslubi, ular o‘rtasida milliy va zamonaviy ruhdagi, mentalitetimizga mos kiyimlar andozasini muntazam targ‘ib qilib borish, bu borada dizayner va modelerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan «Nafosat-2018» ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini ham taqdirladi.
«Ishbilarmon va yetakchi ayol» timsoli, «Talaba qiz» timsoli, «Ijodkor ayol» timsoli, «Erkin mavzu», «Yilning eng yaxshi yosh modeler-dizayneri», «Eng yaxshi milliy yo‘nalishdagi modeler-dizayner» nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur tanlovda jami 600 nafar dizayner xotin-qizlar bellashdi va 14 nafar Respublika g‘oliblari aniqlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter