Nyu-Yorkdagi Guggenhaym muzeyi UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirdi
Amerikalik me’mor Frenk Lloyd Raytning sakkizta binosi, xususan, Nyu-Yorkda Guggenhaym muzeyi UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Me’morning xalqaro tashkilot muhofazasi ostiga o‘tgan eng zo‘r ishlari orasida, masalan, Pensilvaniyadagi «Sharshara ustidagi uy» ham bor.
UNESCOning ushbu ro‘yxatlari tarixida ilk marotaba unga zamonaviy amerika arxitekturasi namunalari kiritildi. UNESCOning Butunjahon merosi dasturi 1972 yildan ishga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter