Nyu-Yorkda shifokorning eng katta rasmi paydo bo‘ldi
Nyu-Yorkdagi Kvins muzeyi yaqinidagi avtoturargohda yuzsiz, lekin niqobdagi tibbiyot xodimining ulkan rasmi paydo bo‘ldi, deya xabar berdi «Artnet».
Rasm kelib chiqishi kubalik-amerikalik bo‘lgan rassom Xorxe Rodrigez-Gerada tomonidana yaratilayotgan bo‘lib, u yaqin kunlarda ishini tugatishini ma’lum qildi.
Rasm «Somos La Luz» deb atalib, ispan tilidan «Biz — nurmiz» deya tarjima qilinadi.
«O‘z yaqinlarini yo‘qotish qanchalik og‘irligini anglab yetadigan joyni vujudga keltirishni niyat qildim», — dedi Rodrigez-Gerada.
Rasmning hajmi shu darajada kattaki, u hatto sun’iy yo‘ldoshdan ham ko‘rinadi.
«Bu joyda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatda yonma-yon bo‘lib, milliy birdamligimizni his qilishimiz mumkin», — deb izohlaydi rassom o‘z asarini.
Rodrigez-Gerada Nyu-Yorkning aynan mazkur hududini bejizga tanlamagan. Chunki u yerda koronavirus tufayli o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan ko‘plab lotinamerikalik va afroamerikaliklar istiqomat qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter