Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-York metrosidagi portlash tashkilotchisi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Nyu-York metrosidagi portlash tashkilotchisi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: «RIA Novosti»

2017-yil Nyu-York metrosidagi portlashni uyushtirgan Akayed Ulla umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi ABC telekanali.

Terakt terrorchilik guruhi nomidan amalga oshirilgan.

«Bu qasddan, puxta rejalashtirilgan hujum edi. Ayblanuvchi bu qilmishi uchun o‘zi va atrofdagilarning hayotini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan», — dedi federal prokuror yordamchisi Rebeka Donaleski.

Ulla sudda qilgan ishidan «qattiq pushaymon» ekanligini aytib, Nyu-York shahri, huquqni muhofaza qilish idoralari va butun Amerikadan kechirim so‘radi.

Ulla 2017-yil 11-dekabrda Manxettenda gavjum metro osti yo‘lida portlash uyushtirdi. Qo‘lbola moslamaning portlashi natijasida gumonlanuvchining o‘zi va yana uch kishi yengil tan jarohati olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring