Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tabrigi (video)

Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tabrigi (video)

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Navro‘zni O‘zbekistonda nishonladi. Samarqand, 2018-yil 21-mart.

Skrinshot: «Facebook» / Shavkat Mirziyoyev

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Navro‘z ayyomi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi. Video Shavkat Mirziyoyevning «Facebook» hamda «Telegram»dagi sahifalarida e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra 2018-yilning 21-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi, ikki qardosh davlat prezidentlari Navro‘z bayramini qadimiy shaharda nishonlashi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oliy martabali mehmon bugun, Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuksak hurmat-ehtirom bilan kutib olindi. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.

Foto: Qozog‘iston prezidentning matbuot xizmati

Shundan so‘ng prezidentlar Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi. Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbari hamrohligida Samarqandning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

Foto: Qozog‘iston prezidentning matbuot xizmati

Shu bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring