Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurafshonda farzand onasi bilan ichib o‘tirgan shaxsni urib o‘ldirdi

Nurafshonda farzand onasi bilan ichib o‘tirgan shaxsni urib o‘ldirdi

Nurafshon shahrida farzand onasi bilan ichib o‘tirgan shaxsni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 17 yanvar kuni soat 21:30 larda 27 yoshli P.M. o‘zining yashash xonadonidagi ovqatlanish xonasiga kirganida u yerda onasi 55 yoshli B.D. tanishi 57 yoshli N.R. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan bo‘lgan.

Buni ko‘rgan P.M.ning jahli chiqib N.R. bilan janjallashib, yog‘och bo‘lagi bilan N.R.ning chap son qismiga va tanasining duch kelgan joylariga qo‘li va oyog‘i bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

Natijada, N.R. olgan tan jarohatlari bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi olib kelingan. Ammo, unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan ushbu tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan P.M.,ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring