Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurafshonda kanalizatsiya qudug‘iga tushgan uch ishchining murdasi chiqdi

Nurafshonda kanalizatsiya qudug‘iga tushgan uch ishchining murdasi chiqdi

Ushbu mudhish hodisa joriy yilning 20 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, «Toshkent kommunal qurilish servis» MChJ ishchisi 1966 yilda tug‘ilgan A.Q. Toshkent viloyati Nurafshon shahar To‘ytepa M.F.Y. Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan «Real Madrid» avtodo‘koni oldidagi ikkinchi darajali yo‘l ostidan o‘tgan suv oqova tarmog‘i (kanalizatsiya) qudug‘iga tushib tozalash ishlarini olib borayotgan vaqtda, quduq ichidan chiqqan zaharli gaz aralashmasidan bo‘g‘ilib, hushidan ketgan.

2000 yilda tug‘ilgan M.S., 1968 yilda tug‘ilgan Ye.K. hamda 1996 yilda tug‘ilgan Sh.F.lar yordam berish maqsadida quduq ichiga tushgan vaqtda ular ham hushidan ketgan.

Natijada A.Q., M.S. va Ye.K. hodisa joyida vafot etishgan. Fuqaro Sh.F. esa hushsiz holatda Nurafshon shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan hozirda Nurafshon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 257-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring