Nurafshonda «Aqlli shahar» o‘rniga «Siti» quriladi
Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021-yildagi «Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish ishlarini jadallashtirish hamda zamonaviy ishbilarmonlik va turar joy markazlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 246-son qarori qabul qilindi.
Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi ishlarini yanada jadallashtirish, tuman (shahar) markazlari me’moriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirish maqsadida:
- Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan Konchi massivi hududida 113 gektar va Yangi turmush massivi hududida 133,2 gektar yer uchastkasi ajratib beriladi;
- Toshkent viloyati ma’muriy markazi hududida ob’yektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Nurafshon shahar hokimligi huzurida «Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.
Qaror bilan «Aqlli shahar» konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish» investitsiya loyihasini «Nurafshon business city» konsepsiyasiga o‘zgartiriladi. Tegishincha, tashkil etilgan Direksiya Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasiga qayta tashkil etiladi, u barcha huquq va majburiyatlar hamda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
Direksiya «Nurafshon business city» hamda tuman va shaharlarda tashkil etiladigan boshqa zamonaviy ishbilarmonlik va turar joy markazlari bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi, ularning hududlarida ob’yektlar qurilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Direksiya faoliyati Prezidentning 2.08.2018 yildagi «Respublika hududlarida «Vusiness city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3895-son qarorida belgilangan vazifalar va qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter