Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurafshonda 28,4 mlrdga haykal, 6 mlrdga kutubxona quriladi

Nurafshonda 28,4 mlrdga haykal, 6 mlrdga kutubxona quriladi

Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan Nurafshon shahrida haykal majmuasi va kutubxona binosi qurish uchun mablag‘ ajratildi.

Qayd etilishicha, viloyat mahalliy budjetining 2021 yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligi huzuridagi «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» davlat unitar korxonasiga — viloyat markazida olib boriladigan ishlar uchun jami 34 400 000,0 ming (o‘ttiz to‘rt milliard to‘rt yuz million) so‘m, jumladan Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun 28 400 000,0 ming (yigirma sakkiz milliard to‘rt yuz million) so‘m hamda «Nurafshon Business City» hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishi uchun 6 000 000,0 ming (olti milliard) so‘m mablag‘ ajratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring