Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda suv xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilmoqda

Nukusda suv xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilmoqda

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish vazifalari belgilangan. Xususan, 12 ming nafar xodimning axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish belgilangan.

Ana shunday malaka oshirish kurslari 7—9-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi hamkorligida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi mutaxassislarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Bu yerda 200 nafar suv xo‘jaligi mutaxassisining zamonaviy geoaxborot va yerni masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash, joriy etilayotgan dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Shuningdek tinglovchilar suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan tanishtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring