Noyob qoplon fotoqopqonga tushdi (video)
«Hisor» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yana qor qoplonini tasvirga oldi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, hozirgi kunda Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. Shuningdek, SITES — yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan. Ovlash qat’iyan taqiqlangan.
O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Nepal, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Afg‘oniston va Butan kabi davlatlar hududida uchraydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlaganlik uchun jazoni kuchaytirilgani, hayvonot dunyosini muhofaza qilish — hayvonot dunyosi ob’yektlari hududlarini, turlari va populyasiyasi yaxlitligini, sonini, ularni yo‘q bo‘lib ketishining va ularga boshqacha zararli ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan.
«Hisor» davlat qo‘riqxonasi ushbu noyob jonivorlarning doimiy yashash joyi hisoblanadi va ularning muhofazasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter