Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Notariusga bormasdan ham bitiriladigan notarial harakat turlari kengaydi

Notariusga bormasdan ham bitiriladigan notarial harakat turlari kengaydi

«E-notarius.uz» axborot portali imkoniyatlari kengaytirilib, notarial idoraga bormasdan turib amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi.

Ya’ni, endilikda portal orqali er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan, ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini olish mumkin.

Avtomototransport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasi, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirishni ham portal orqali bajarish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur portal orqali ko‘plab notarial harakatlarni dunyoning istalgan joyidan turib rasmiylashtirish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring