Norvegiyada koronavirusning yangi turi paydo bo‘ldi
Norvegiyalik shifokorlar Tronxeym shahrida SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turini topishdi, deya xabar berdi «NRK» teleradiokompaniyasi.
«Biz ushbu virusning bu yerga qayerdan kelib qolganini bilmaymiz. Shu paytgacha Norvegiyada virusning bunday turi bo‘lmagandi. Xalqaro bazalardan ham izlab ko‘rildi, lekin u yerda ham bunday turi chiqmadi», — deya izohladi kommuna bosh shifokori Tuve Rosstad.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu shtamm bilan yuqtirish tezlashganini aniqlashgach virus mutatsiyaga uchragan degan xulosaga kelishgan. Rasstadning fikriga ko‘ra, testlar o‘tkazilgandan keyin COVID-19 bilan kasallanishlar soni ko‘payadi.
O‘tgan dam olish kunlari Tronxeymda sakkizta yangi bemor qayd etildi, ustiga-ustak, ulardan yetti nafari 20 yoshdan oshgan yoshlardan iborat. Hammasi infeksiyani yengil ko‘rinishda o‘tkazmoqda.
O‘tgan hafta Tronxeymda taxminan 1000 kishi karantinga joylangan: ularning aksariyati mahalliy «Kichik London» klubiga borishgan. Rasmiylar shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanligini tasdiqlashmoqda.
Epidemiya boshlangandan buyon Norvegiyada 16,4 ming kishi koronavirusni yuqtirib oldi. Taxminan ikki oy avval kunlik o‘sish bir necha o‘nlab yangi holatlarni tashkil etgandi. COVID-19 chaqirgan asoratlar tufayli mamlakatda 278 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter