Norvegiyada besh kishi kamon o‘qidan halok bo‘ldi
Norvegiya politsiyasi Kongsberg shahri ko‘chalarida kamonda qirg‘in uyushtirgan shaxsning kimligiga oydinlik kiritdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
U Kongsbergda yashovchi 37 yoshli Daniya fuqarosi ekan. Ayblov e’lon qilindi.
Kecha, 13-oktyabr kuni kechki payt Kongsberg ko‘chalarida bir erkak ko‘chalarda yurib odamlarni kamonda nishonga olib otgani haqida xabarlar tarqalgandi. Oqibatda besh kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan.
Daniyalikning asl niyati nima bo‘lganini politsiya hozircha ma’lum qilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter