Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya tarixida birinchi marotaba o‘z raketasini uchirdi

Norvegiya tarixida birinchi marotaba o‘z raketasini uchirdi

Foto: «Nammo AS»

Kecha, 27-sentyabr kuni Norvegiya o‘z tarixida birinchi marotaba to‘liq o‘zi ishlab chiqqan raketani fazoga uchirdi.

«NRK» telekompaniyasi xabar berishicha, raketa loyihasiga 10,5 million yevro sarflangan.

Raketa parvoziga mahalliy vaqt bilan soat 14:17 da start berilgan. Unga Norvegiyaning «Nammo» kompaniyasi ishlab chiqqan dvigatel o‘rnatilgan.

Dengiz ustida 107 kilometr masofani uchib o‘tgan raketa atmosfera chegarasidan o‘tib, kosmik kenglikka chiqqan.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu Yevropadagi ilk gibrid dvigatelli raketa (ham suyuq, ham qattiq yoqilg‘i yoqadi) hisoblanadi.

Raketaning og‘irligi — 800 kilogramm, uzunligi — 9 metr. Juda kichik bo‘lgani uchun norveg raketasi orbitada ko‘p vaqt turolmaydi, taxminlarga ko‘ra, u dengizga xavfsiz qulaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring