Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya qiroli Xarald V shifoxonaga yotqizildi

Norvegiya qiroli Xarald V shifoxonaga yotqizildi

Foto: «AP Photo»

Norvegiya qiroli Xarald V kasalligi tufayli shifoxonaga yotqizildi. Lekin xastaligi jiddiy emas: dam olish kunigacha shifoxonadan chiqishi mumkin, deya xabar berdi qirollik saroyi matbuot xizmati.

«Qirol hazrati oliylari Xarald boshi aylangani sababli chorshanba kuni shifoxonaga yotqizildi. Unda jiddiy kasallik aniqlanmadi», — deyiladi xabarda.

«RIA Novosti»ning yozishicha, qirol dam olish kunigacha shifoxonadan chiqarilishi mumkin. Ikki hafta davomida Xarald V majburiyatlarini uning o‘g‘li Xokon bajarib turadigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring