Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya poytaxtida o‘tgan yili bitta odam YTHdan halok bo‘ldi

Norvegiya poytaxtida o‘tgan yili bitta odam YTHdan halok bo‘ldi

Foto: «Wikimedia»

Norvegiya poytaxti Osloda 2019-yil davomida atigi bir inson YTH oqibatida halok bo‘ldi, bu haqda «Aftenposten» jamoat yo‘llari mahalliy ma’muriyatiga asoslanib xabar tarqatdi. 2019-yilda YTHda halok bo‘lgan inson — erkak kishi, uning mashinasi devorga borib to‘qnashgandi.

2018-yili Osloda besh kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida olamdan ko‘z yumgandi.

1975-yilda Osloda YTHlar 41 nafar insonning hayotiga nuqta qo‘ygandi. O‘shandan beri «yo‘l qurbonlari» soni kamayishda davom etmoqda. Chunki 1970-yillarning oxirlaridan yo‘llarda xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha choralar ishlab chiqildi — tezlik cheklanib, «yotuvchi politsiyachilar» o‘rnatila boshlandi, avtomobil yo‘llaridan alohida velosipedchilar yo‘laklari qurishga kirishildi.

«Yotuvchi politsiyachilar»
Oslo markazidagi xavfsiz ko‘chalar

Yuqoridagi ma’muriyat ma’lumot berishicha, yo‘llarda qurbonlar soni kamayishiga Oslo markaziy qismiga xususiy avtotransportlar kiritilishi cheklangani ham sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, maxsus yo‘llar barpo etila boshlangach, velosipedda yurishga qiziquvchilar soni ham keskin oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring