Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya antidoping agentligi rahbari: «Sport allaqachon izdan chiqqan»

Norvegiya antidoping agentligi rahbari: «Sport allaqachon izdan chiqqan»

So‘nggi vaqtlarda doping tufayli to‘plab sportchilar jazoga tortilmoqda

«sports.ru»

Norvegiya antidoping agentligi rahbari Anders Sulxeym doping nazoratini sport federatsiyalari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi lozimligini ma’lum qildi. U mavjud antidoping tizimini keskin tanqid ostiga oldi.

«Sport — allaqachon izdan chiqib bo‘lgan. Bizni esa, afsuski xalqaro antidoping tashkiloti o‘ziga qaram qilib qo‘ygan. Aslida bunday bo‘lishi mumkin emas. Men doping nazoratini har bir davlatning sport tashkilotlari o‘zlari mustaqil amalga oshirishi kerak deb o‘ylayman. Shunda barchasi adolatli bo‘ladi», — deya ta’kidladi Sulxeym.

Xalqaro biatlonchilar ittifoqi prezidenti Andres Besseberg, uning gaplaridan hayratga tushdi.

«Sulxeymning ushbu gaplari meni hayratga soldi. So‘nggi 10 yil ichida ittifoqimiz adolatli yo‘l tutdi va har bir dopingga aloqador sportchini jazoladi. Shu vaqtga qadar 16 nafar odam jazoga tortildi. Antidoping tashkilotini rivojlantirish uchun katta sarmoyalar kiritdik va bu o‘zini oqladi. Men uning fikrlarini hech qachon ma’qullamayman», — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan Besseberg.

Sulxeymga bunday fikr bildirishiga ba’zida dopingga qarshi kurashishda g‘iromliklar mavjudligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring